Ayni daqiqalarda bir necha kundan buyon davom etayotgan "Stranja" turnirining final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Biroz avval Bobousmon Baturov ushbu turnir chempioniga aylangan edi. Yana bir finalga yo‘l olgan yurtdoshimiz -81 kg vazn toifasida harakat qilgan Dilshodbek Ro‘zmetov hal qiluvchi jangda rossiyalik Ruslan Kolesnikov bilan to‘qnash keldi.
Jang kutilganidek shiddatli tarzda bo‘lib o‘tdi. Kolesnikov o‘ziga xos "pancher" ekanligini butun turnir mobaynida isbotlab kelgan edi. Shuningdek, hamyurtimiz ham mazkur turnirda o‘zini har tomonlama ko‘rsata oldi. Tom ma’noda turnirning eng kuchli bokschilari g‘oliblik uchun bahs yuritishdi. Yakunda, raqibiga nisbatan yaxshi va aniqroq harakat qilgan yurtdoshimiz xaqli tarzda g‘alaba qozondi va turnir chempioniga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi