23:05 / 27.02.2021
2 522

"Stranja-2021" turnirida o‘g‘il bollar umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi!

"Stranja-2021" turnirida o‘g‘il bollar umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi!
22 fevral kuni Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida start olgan an’anaviy "Stranja" xalqaro turniri bugun, 27 fevral kuni o‘z yakuniga yetdi.
Bahslarda jahonning 30 ga yaqin mamlakatidan bokschilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi. Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishdi.

Bugun nihoyasiga yetgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda, erkaklar o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Ikkinchi o‘rinni mezbon Bolgariya egallagan bo‘lsa, Ukraina terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz yurtimizga medal bilan qaytadigan bo‘lishdi:

Oltin:
-69 kg: Bobousmon Boturov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
+91 kg: Bahodir Jalolov

Bronza:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-63 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev.

Qizlarimizdan -69 kg vaznli Navbahor Hamidova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Stranja-2021" turnirida o‘g‘il bollar umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi!