19:57 / 11.03.2021
1 857

"Andijon" klubi meksikalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib oladi

"Andijon" klubi meksikalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib oladi
Superliga yangi mavsumi uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rgan "Andijon" klubi navbatdagi transferni e’lon qilishga hozirlik ko‘rmoqda.

"Burgutlar" tarkibiga meksikalik Marko Bueno kelib qo‘shilishi kutilmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. 26 yoshli futbolchi hujumchi Meksika milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

"Bueno Meksikaning "Pachuka" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011 yilda futbolchi ijara asosida "Leon" jamoasiga o‘tadi.

2011 yilning yozida Marko "Pachuka" jamoasiga qaytadi va 9-oktabr sanasida "Haguraes" jamoadi qarshi Meksika chempionatida debyut uchrashuvini o‘tkazadi. 2012 yilning 15 yanvar sanasida "Puebla" jamoasiga qarshi uchrashuvda Bueno o‘zining ilk golini kiritadi va ushbu o‘yinda dubl qayd etadi. Ushbu yilda Pablo Buenoga angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi qiziqib qoladi.

Foto: «Andijon» FK
2015 yilda Marko Bueno Meksika terma jamoasida AQSHga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut uchrashuvini o‘tkazadi. Bueno ikkinchi bo‘limda Ektor Errerani o‘rniga maydonga tushadi. Ushbu yilda Meksika olimpiya terma jamoasi bilan Kanadada bo‘lib o‘tgan Panamerika kubogida kumush medallarini qo‘lga kiritgan. 2016 yildagi Rioda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida Meksika terma jamoasi bilan ishtirok etgan", - deya ma’lumot bermoqda "Andijon" matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Andijon" klubi meksikalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib oladi