20:53 / 12.03.2021
3 038

Laporta Kumanni haydaydi!

Laporta Kumanni haydaydi!
“Barselona” boshqaruvini qabul qilib olgan Joan Laporta bosh murabbiy Ronald Kumanni haydab, o‘rniga yosh va zamonaviy mutaxassisni olib kelishga tayyorligini bildirdi.

Shu bilan birga, Kuman lavozimini saqlab qolishi uchun joriy mavsumda chempionlik sovrinini qo‘lga kiritishi talab qilinadi. Hozircha, “Barsa” ham, “Real” ham barqaror o‘yin ko‘rsatayotgan “Atletiko”dan ortda qolmoqda.

Agar Kuman oldiga qo‘yilgan vazifani uddalay olmasa, Laporta uni ishdan oladi. Yangi rahbar uning o‘rniga birinchi navbatda, “Leypsig” bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanni olib kelishni rejalashtirgan. Bu reja amalga oshmasa, “Barselona”ga Roberto Martines yoki Xavi olib kelinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Laporta Kumanni haydaydi!