18:33 / 14.03.2021
1 655

Superliga. "Navbahor"da ilk g‘alaba, "Lokomotiv"da ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyat

Superliga. "Navbahor"da ilk g‘alaba, "Lokomotiv"da ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyat
O‘zbekiston Superligasi 2-turi uchrashuvlariga start berildi. Turning markaziy o‘yinida "Lokomotiv" o‘z uyida "Navbahor"ni qabul qildi. Yuqori tempda kechgan bellashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘zbek futboliga kirib kelgan VAR ushbu bahsda o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bosh hakam 3 bor videotakrorga murojaat qilib, 3 marta penalti belgiladi. Dastlabki ikki 11 metrlik jarima zarbasi Azim Ahmedov hamda G‘ulomhaydar G‘ulomov tomonidan golga aylantirilgan bo‘lsa, Ahmedovning ikkinchi urinishini Javohir Ilyosov qaytardi. Biroq zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Ehsoni Panshanbe yakunda jamoasiga muhim 3 ochko keltirgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa, "lochinlar" ikkinchi turda g‘alaba qozondi. "Lokomotiv" esa ikkinchi o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchradi.

"Lokomotiv" – "Navbahor" - 1:2
Gollar:
Azim Ahmedov 13 penalti, - 0:1. G‘ulom Haydar G‘ulomov 36 penalti, - 1:1. Ehsoni Panshanbe 75, - 1:2.

Amalga oshirilmagan penalti: Azim Ahmedov 73 (darvozabon).

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov 3.Islom Qobilov, 4.Dilshodbek Komilov, 7.Sadriddin Abdullayev (27.Islom Rashidxonov, 74), 8.Javohir Sidiqov, 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov (10.Marat Bikmayev, 63), 17.Sanjar Qodirqulov, 21.G‘ulomhaydar Gulyamov 22.Diyego Bardanka, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 77.Diyor Turopov (14.Azizbek Amonov, 63).
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 5.Kaxi Maxaradze️, 20.Jaloliddin Jumaboyev, 37.Sherzod Fayziyev.

"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 11.Islombek Isoqjonov (70.Abbos G‘ulomov, 85), 18.Bahrom Abdurahimov (17.Ehsoni Panshanbe, 63), 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 25.Shohrux Mahmudxojiyev (88.Slavisha Stoyanovich, 67), 67.Marko Putinchanin.
Zaxira: 35. Rahimjon Davronov, 5.Xushnudbek Avilov, 8.Sardor Telyakov, 28.Nikola Tashich.

Ogohlantirishlar: Diyor Turopov 13, Davron Hoshimov 35, Sanjar Qodirqulov 42, G‘ulom Haydar G‘ulomov 51.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Navbahor"da ilk g‘alaba, "Lokomotiv"da ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyat