
La Liganing 28-turida “Sevilya” safarda “Valyadolid” (1:1) bilan durangga imzo chekdi. Uchrashuvning hakam tomonidan qo‘shib berilgan 4-daqiqasida mehmonlar posboni Yassin Bunu uchrashuvda muvozanatni tikladi -1:1.
U jamoadoshlari ketma-ket burchak to‘pini amalga oshirayotgan vaqtda raqib jarima maydonchasi ichida qolib tupni o‘ziga kelishini kutdi. Navbatdagi burchak zarbasidan keyin to‘p darvozabonga kelib tushdi va u chap oyoqda chamasi 7 metrlar masofadan mezbonlar darvozasiga gol urdi..
Bunu “Sevilya” tarixida Ispaniya chempionatlarida gol urgan ilk posbon sifatida qayd etiladigan bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar