Foto: DAZN
Toshkentdagi Humo Arena’da 3 aprel, shanba kuni katta professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.
Unda bir qator o‘zbekistonlik mashhur bokschilar professional ringdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Musobaqaning asosiy jangi ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (7-0, 6 KO) va yaponiyalik Ryosuke Ivasa (27-3, 17 KO) ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
3 aprel kuni soat 18:00 boshlanadigan boks kechasining chiptalari iTicket.uz saytida sotuvga chiqdi. Eng arzon chiptalar narxi 50 ming so‘mni tashkil qiladi. Narxlar 550 ming so‘mga qadar oshib boradi.
Shuningdek, mazkur boks kechasida Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘stmatov, Iqboljon Xoldorov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov kabi nomdor o‘zbekistonlik bokschilar jang o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi