886
"Oq-tepa"ning braziliyalik legioneri: "O‘zbekistonda o‘zimni ko‘rsatsam Braziliya terma jamoasiga chaqirilishim ham mumkin"

Pro liga ishtirokchisi bo‘lgan Toshkentning "Oq-tepa" klubi yangi mavsum oldidan tarkibini bir qator yangi futbolchilar hisobiga to‘ldirib oldi. Kuni kecha jamoaga yana bir braziliyalik hujumchi Gilerme Da Silva kelib qo‘shildi. Bunga qadar "Gremio", "Atletiko Mineyro", "Saxam" (Ummon) kabi klublarda to‘p tepgan 29 yoshlik forvard saytimizga dastlabki taassurotlari, o‘zbek futboli haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘zbekistonga kelishim juda ham tezda yuz berdi. "Oq-tepa" taklifini qabul qilganimdan maqsad sovrinlarga ega chiqish. Qaysidir ma’noda bu men uchun ham yangi chaqiruv bo‘ldi, deya olaman. Jamoaga hozirda sekin-asta moslashmoqdaman. Umumiy xulosa chiqarishga hali erta. Bir nechta o‘yinlarda ishtirok etib biror fikrga kelish mumkin. Umid qilamanki hammasi ko‘ngildagidek bo‘ladi.
Menga bu yerda o‘z vaqtida Rivaldo, Denilson, Luizao kabi yulduzlar to‘p tepishganini aytishganda ochig‘i hayron qoldim va o‘zim ham internet orqali bu borada ma’lumotlar to‘pladim. Shuningdek Ummon chempionati vakili bo‘lgan "Saxam" klubida o‘zbekistonlik himoyachi Maksimiliyan Fomin bilan birga to‘p tepganman. Undan o‘zbek futboli haqida ko‘p eshitganman. Klub taklif qilgan loyiha menga yoqdi.
Hozirga qadar katta jamoalarda o‘ynab ko‘plab sovrinlarga ega chiqqanman. Faoliyatimni bir joyda to‘xtatib qo‘yish niyatim yo‘q. Shuning uchun "Oq-tepa"da yanada yaxshiroq to‘p tepishim zarur. Balki shu orqali terma jamoaga ham chaqirilishim mumkin.
Braziliyalik legionerlardan O‘zbekistondan boshqa mamlakatlarda ham ko‘p narsalar kutishadi. Bosim katta bo‘lishini bilaman. Men bunga tayyorman. O‘z o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman", - deydi futbolchi.

Abdulaziz Iskandarov
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mirazizbek Mirzahalilov "Gubernator kubogi" turnirida o‘z jangini o‘tkazdi

Surxondaryoda 46 yoshli erkak daraxtdan dovuchcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqlab qo‘ydi

«Bino cho‘kkanini ta’mir paytida bilib qolishgan» — qurilish vaziri «Navro‘z» to‘yxonasi haqida

Afg‘on yo‘lagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shadi?

O‘zbekistonda koronavirus, asosan, necha yoshlilar orasida qayd etilayotgani ma’lum qilindi

Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?

Rossiya va Belarus davlat to‘ntarishining oldi olingani haqida xabar berdi

Tonggi soat sakkizgacha nimalar qilishga ulgurish kerak?