1 554
Otabek Shukurov: Terma jamoa o‘yinlari turli shaharlarda bo‘lib o‘tishi to‘g‘ri deb o‘ylayman
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov Gana va Iroqqa qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik bellashuvlari oldidan o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi:
"Pandemiya sabab terma jamoa o‘yinlari ham qoldirildi. U futbolga juda katta ta’sir ko‘rsatdi, shunga qaramay, tashkilotchilar FIFA kunlari uchun ushbu o‘rtoqlik bellashuvlarini tashkil etdi. Bu terma jamoa va butun o‘zbek futboli uchun katta yordam, deb bilaman. Chunki, bizni iyun oyida 3 ta muhim o‘yin kutib turibdi. Ularga yaxshi tayyorlanish uchun mana shu kabi o‘rtoqlik uchrashuvlari juda ham kerak.
Terma jamoaga qo‘shilganimizga 2 kun bo‘ldi, kayfiyatlar a’lo. Bellashuvlarga tayyorgarlik jarayonida bolalarning kayfiyati juda yaxshi.
Superliga o‘yinlarini kuzatyapmiz: viloyatlarda futbolni juda yaxshi ko‘rishadi. Futbol, avvalo, muxlislar uchun o‘ynaladi. Shu jihatdan, MTJ o‘yinlari mamlakatimizning turli shaharlarida bo‘lib o‘tishi to‘g‘ri deb o‘ylayman. Muxlislarimiz stadionga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlab tursa, juda ham xursand bo‘lardik. InshaAlloh, ularni oldida yuzimiz yurug‘ bo‘ladi", - dedi Otabek Shukurov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot