2 427
Xayrulla Hamidov: Birinchi marta foydalanilmagan vaziyatlar uchun futbolchilarimizga rahmat deymiz
Taniqli jurnalist va futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov saytimiz tomonidan tashkil etib kelinayotgan "O‘zbekcha futbol" dasturida mehmon bo‘ldi. Unda O‘zbekiston - Gana bellashuvi haqida quyidagi fikrlar bildirildi:
"Terma jamoamizning uchrashuv yakunida qiyinchiliklarga uchraganining sababi sifatida biznikilarning charchab qolgani va ganaliklarning o‘yinni kuchaytirganini keltirsak bo‘ladi. Ayniqsa, ikkinchi taymda maydonga tushgan Issahaku Abdul Fatauning harakatlari tahsinga sazovor. 2004 yilda tug‘ilgan bolakayning maydonga tushishi o‘yinni tom ma’noda o‘zgartira oldi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinga qo‘shiladigan futbolchilarning bahs kartinasini o‘zgartirib yuborishi ko‘p uchraydi.
Terma jamoamizning vaziyatlardan foydalanmagani uchrashuv shiddatining saqlab qolinishiga sabab bo‘ldi. Masalan, birinchi taymda 4:0 hisobida g‘alaba qozonganimizda va yakunda Ganaga hech qanday imkon qoldirmaganimizda muxlislarda nega Gananing ikkinchi tarkibi bilan o‘ynadik qabilidagi savollar ko‘payib ketishi mumkin edi. Shu boisdan, birinchi marta futbolchilarga foydalanilmagan vaziyatlar uchun rahmat aytsak bo‘ladi", - dedi Xayrulla Hamidov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda