O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi delegatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidentining taklifiga binoan Manama shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ushbu tashrif davomida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ravshan Ermatov Shayx Salmonga O‘FA prezidenti Abdusalom Azizovning samimiy salomlari va eng yaxshi tilaklarini yetkazgan holda, O‘FA rahbari boshchiligida O‘zbekiston futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan sezilarli yutuqlar haqida so‘z yuritdi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti O‘FA va OFK o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlari ishonch va hurmat asosida qurilgan ekanligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan yaqin hamkorlikda keng ko‘lamli hamkorlik dasturlari va loyihalarini amalga oshirishdan har doim mamnun ekanligini aytib, qit’a miqyosidagi bir qator nufuzli musobaqalar mezbonligi aynan O‘zbekistonga ishonib topshiriliganligi O‘zbek futboli oilasini yanada baxtiyor etganligini bildirdi.
O‘z navbatida, Shayx Salmon O‘FA rahbariyatining O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishda olib borayotgan samarali faoliyatini e’tirof etdi hamda OFK va O‘FA o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini mustahkamlashga hamisha sodiq ekanligini yana bir bor ta’kidladi.
Shuningdek, OFK prezidenti o‘zbek futbolida olib borilgan islohotlar, uning ommaviyligini oshirishda qabul qilinayotgan qarorlarni olqishlab, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga minnatdorchilik izhor etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi