BAA Pro ligasining 23-turida «Shabob Al Ahli» o‘z maydonida «Al Fujayra»ni qabul qilib, 90-daqiqada g‘alabani ilib ketdi. E’tiborlisi, g‘alaba goli Jaloliddin Masharipov hisobiga yozildi.
Jaloliddin goldan tashqari o‘z hisobiga assist ham yozdirib qo‘ydi. Mezbonlar safida o‘zbekistonlik yana bir yarimhimoyachi Odil Hamrobekov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 39-daqiqada zaxiraga olindi.
«Shabob Al Ahli» ochkolarini 43taga yetkazib, 3-o‘ringa chiqib oldi.
Doston Hamdamov to‘p tepadigan «Hatta» o‘z uyida «Ad Dafra» bilan jangovar durang qayd etdi. Doston 80 daqiqa davomida harakat qildi. «Hatta» 9 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.
Shabob Al Ahli — Al Fujayra 3:2
Gollar: da Kruz (39), Muhammad Juma (52), Masharipov (90) — Koutino (3), Ovalabi (32).
Hatta — Ad Dafra 2:2
Gollar: Jonatas (45+2, 53 penalti) — Diop (8), Al Junaybi (76). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi