
Italiya A Seriyasining 30-turidan o‘rin olgan "Yuventus" va "Jenoa" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida "keksa senoralar" tezkor gol urishga erishdi. Kuadradoning uzatmasini Kulusevski golga aylantirdi. 22-daqiqada Morata oradagi farqni yana bittaga oshirib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limni mehmonlar faol boshladi. 49-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng Skamakka bosh bilan zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi. 63-daqiqada Goran Pandev o‘rniga Eldor Shomurodov tushirildi va bahs so‘nggiga qadar harakat qildi.
"Yuventus"ning 3-goliga zaxiradan maydonga tushgan Veston Makkenni mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin Turin klubi ochokolar sonini 62taga yetkazib oldi va 3-o‘rinda qoldi. "Jenoa" 32 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
Yuventus – Jenoa 3:1
Gollar: Kulusevski (4, 1:0), Morata (22, 2:0), Skamakka (49, 2:1), MakKenni (70, 3:1).
Yuventus – Shchensni, de Ligt, Danilo, Kellini, Kulusevski (Makkenni, 68), Kuadrado (Aleks Sandro, 46), Rabo, Bentankur, Keza (Artur, 75), Ronaldu, Morata (Dibala, 68).
Jenoa – Perin, Biraski (Gilone, 46), Krishito, Masello, Dzappakosta, Bexrami (Pyatsa, 46), Radovanovich, Rovella (Zays, 63), Badel, Skamakka (Melegoni, 70), Pandev (Shomurodov, 63).
Ogohlantirish: Kuadrado (20), Kulusevski (37), Bexrami (38), Rovella (53). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar