22:09 / 14.04.2021
4 337

"Paxtakor" nohaq penalti tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi

"Paxtakor" nohaq penalti tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Traktor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.

Gollarga "Traktor" safida Ashkan Dejaga hamda Muhammad Abboszoda (dubl) mualliflik qilgan bo‘lsa, "Paxtakor"ning 3 goli Dragan Cheran, Sharof Muhitdinov hamda Hojimat Erkinovlarning nomiga yozildi.

Vakillarimiz dastlab 2 ta gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, iroda ko‘rsatib raqibga 3 ta gol bilan javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq o‘yinning so‘nggi daqiqalarida belgilangan nohaq penalti barchasiga nuqta qo‘ydi. "Traktor"ning ofsayddagi futbolchisi penaltiga sababchi bo‘ldi. OCHLda VAR tizimining yo‘qligi sababli hakamlar bu vaziyatga to‘g‘ri baho bera olishmadi.Shu tariqa, "Traktor" "sherlar"ning g‘olib bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi. Yakunda jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.

"Paxtakor"ning 2-tur doirasidagi uchrashuvi 20-aprel kuni "Sharja"ga qarshi o‘tkaziladi.

OCHL guruh bosqichi. 1-tur

"Paxtakor" 3:3 "Traktor"
Gol:
0:1 - Dejaga (penalti) 53, 0:2 Abboszoda 56, 1:2 - Cheran 69, 2:2 - Muhitdinov 75, 2:3 - Erkinov 81, 3:3 Abboszoda (penalti) 85.

"Paxtakor": Quvvatov, Alijonov (Yo‘ldoshev 57), Anzur Ismoilov, Krimes (S), Sayfiyev, Abror Ismoilov, Sobirxo‘jayev (Muhiddinov 68), Turg‘unboyev ( Erkinov 57), Rashidov (Xolmatov 68), Cheran, Derdiyok.
Zaxira: Suyunov, Iminov, Chobanov, Temirov, A’zamov, Azmiddinov.

"Traktor": Muhammadrizo Axbori, Muhammadrizo Xonzoda, Hadi Muhammadi, Akbar Imani (Hamid Buhamdan 79), Peyman Boboyi, Saman Narimonjahon, Mehdi Tikdari, Meysam Temuriy, Ashkan Dejaga (Muhammad Qodiriy 79), Muhammad Abboszoda (Amin Asadi 87), Milad Faxriddini.
Zaxira: Habib Farabbosi, Mas’ud Shojaiy, Abulfazl Razzoqpur, Said Vasei, Muhammad Xurram, Peyman Keshavarzi, Muhammad Muslimipur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" nohaq penalti tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi