Foto: Yandex Photos
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yetti nafar vakili antidoping qoidalarini buzgani sabab 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston milliy antidoping agentligi (UzNADA) matbuot xizmati ma’lum qildi.
UzNADA huzuridagi Axloq bo‘yicha komissiyasining qaroriga ko‘ra O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi a’zolari Mansur Almurodov (73 kg), Shaxmerdan Kemalov (+109 kg), Hayotbek Zokirov (96 kg), Mahmudbek Yusupov (+109 kg), Hikmatillo Fazliddinov (81 kg), Fozilbek Jumanazarov (96 kg) va Xudoyor Meliqo‘ziyev (67 kg) to‘rt yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan.
Yuqoridagi sportchilarning 2020 yil 15 oktabrda topshirgan qon tahlillarida anabolik steroid gormonlar guruhiga mansub metandiyenon, metasteron, testosteron, kanrenon kabi taqiqlangan moddalar aniqlangan.
Sportchilarning diskvalifikatsiyasi 2021 yil 31 martdan boshlanib, 2025 yil 30 martga qadar davom etadi. Shuningdek, ularning 2020 yil 15 oktabrdan keyin qo‘lga kiritgan barcha medallari va reyting ochkolari bekor qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi