Joriy yilning 11 aprel kuni soat 14:50 atrofida, 41-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi haydovchi avtobusni Bunyodkor ko‘chasi buylab boshqarib borayotgan vaqtda Navoiy, Samarqand, Buxoro viloyatlariga qatnovchi taksilarning avtoturargohi qarshisida yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyatining «Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi» xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o‘tkazilganda, mazkur avtobus «7-Avtobus saroyi» MCHJ tasarrufidagi, saroy raqami 200 bo‘lgan, 41-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi «Isuzu LE 60» rusumli avtobus haydovchisi M.M ekanligi aniqlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi piyoda yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni paytda jabrlanuvchi piyodaning ahvoli qoniqarli (yaxshi) ekanligi aytilmoqda.
Hozirda ushbu huquqbuzarlikni amalga oshirgan avtobus haydovchisi M.Mga nisbatan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi