"Eyr Fors" - "Paxtakor" o‘yinidan oldin matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistraga himoyachi Anzur Ismoilov hamrohlik qildi.
Xyuistra: - "Eyr Fors" bilan bellashuvga yaxshi hozirlik ko‘ryapmiz. O‘yin qiziqarli bo‘ladi deb o‘ylayman. Raqibimiz yaxshi jamoa, yuqori saviyadagi futbolchilari bor. "Sharja"ga qarshi ular juda yaxshi taassurot qoldirishdi. Keyingi bosqichga chiqish uchun ertangi bahsda g‘alaba imkoniyatimizni yaxshilaydi.
Ikki yil oldin "Eyr Fors" bilan pley-off bosqichida o‘ynagandik. Bu jamoa safida ba’zi o‘zgarishlar bo‘lgan. Jamoada qolgan futbolchilari ham bor. O‘shanda bir uchrashuvdan iborat to‘qnashuv edi. Bor kuchni o‘sha o‘yinga tashlash mumkin edi. Hozir esa boshqacha holat. Guruhda jami olti bellashuv o‘ynaladi.
Zaxiradan tushirilgan futbolchilarning foydali o‘ynagani juda yaxshi. Bizda bahsni o‘zgartirish uchun imkoniyat bo‘lishi quvonarli. Toshkentdagi salqinroq havodan keyin bu yerda issiq havoda futbol o‘ynayapmiz. Bunday sharoitda besh almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lish yoqimli. Qaysi futbolchilar boshlang‘ich tarkibda tushishini keyinroq hal qilaman.
Ismoilov: Biz o‘yinga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdamiz. Ertaga o‘zimiz xohlagandek hujumkor futbol ko‘rsatib, g‘alabaga erishishni istaymiz. Raqib kuchli, ularni hurmat qilamiz. Ammo yigitlar bilan yutuq orqali imkoniyatimizni yaxshilab, muxlislarni xursand qilishga urinamiz.
Musobaqada ko‘plab o‘yinlar o‘tkazganman. Navbatdagi o‘yinlar uchun jamoaviy birdam bo‘lib, mashg‘ulotlarda ter to‘kishda davom etib, jipslashgan holda harakat qilishimiz kerak. O‘zimizga ishonib, bir-birimizni qo‘llab quvvatlashimiz zarur. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi