15:30 / 18.04.2021
2 007

Lionel Messi: “Sardor sifatida kubokni ko‘tarish yoqimli”


“Barselona” forvardi Lionel Messi Ispaniya kubogi finalida “Atletik” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Kubokni boshing uzra baland ko‘tarish yoqimli. Bugun jamoamiz uchun baxtli kunlardan biri. Bu judayam muhim sovrin, o‘zgacha jamoaning sardor sifatida buni baland ko‘tarishning o‘zgacha zavqi bor.

Biz “Atletik” aynan shu tarzda o‘ynashini bilardik. Sabr bilan harakat qilib, to‘pni o‘z nazoratimizda saqlab, vaziyatlar yaratishga intildik. Birinchi bo‘limda ko‘p harakat qildik, ikkinchisida esa raqib hujumlarimizni bartaraf etishning ilojisini topolmadi.

Ushbu g‘alabani muxlislarsiz nishonlaymiz afsuski. Ispaniya kubogida g‘olib chiqqanimizda, muxlislarimiz doim xursand bo‘lishadi.
Mavsum boshi biz uchun qiyin kechdi, keraksiz joyda ochkolarni yo‘qotdik. Keyin yaxshi o‘yin ko‘rsatib, chempionlik poygasiga qaytdik. Ammo Klassikoda kerakli natijaga erisha olmadik”, deya ta’kidlab o‘tdi “Barsa” sardori.

“Barselona” o‘z tarixida 31-marta Ispaniya kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Bu turnir rekordi hisoblanadi. Keyingi o‘rinda aynan finalda mag‘lub bo‘lgan “Atletik” bormoqda. Ular 23 marta ushbu musobaqada g‘olib chiqishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi: “Sardor sifatida kubokni ko‘tarish yoqimli”