18:20 / 18.04.2021
2 624

A Seriya. Eldor Shomurodov zaxiradan tushgan o‘yinda «Jenoa» «Milan»ga mag‘lub bo‘ldi


Foto: Twitter /@Milan
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 31-turida «Milan» 18 aprel, yakshanba kuni «Jenoa»ni qabul qildi.

O‘yin tezkor gol bilan boshlandi. 13-daqiqada Ante Rebich hisobni ochdi. 37-daqiqada Mattia Destro burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab, muvozanatni tikladi. Ammo Janluka Skamakka 68-daqiqaga kelib, o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Shundan so‘ng darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

«Jenoa» safida to‘p suradigan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov mazkur bahsda 74-daqiqada maydonga tushirildi.
Ushbu g‘alabadan keyin milanliklar 66 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Genuya klubi esa 32 ochko bilan 13-pog‘onani band etgan.

«Milan» – «Jenoa» 2:1
Gollar:
1:0 – 13 Rebich, 1:1 – 37 Destro, 2:1 – 68, avtogol Skamakka.
«Milan»: Donnarumma, Ker, Teo, Tomori, Kalulu (Diogu Dalot, 62), Salemakers (Braim Dias, 63), Bennaser (Tonali, 74), Chalxono‘g‘lu (Krunich, 88), Kessie, Rebich, Rafael Leau (Manjukich, 63).
«Jenoa»: Perin, Gilone (Biraski, 57), Masello, Goldaniga, Strotman (Behrami, 83), Radovanovich, Zays, Badel, Kassata (Pandev, 74), Destro (Pyatsa, 57), Skamakka (Shomurodov, 74).
Ogohlantirish: Goldaniga (26).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. Eldor Shomurodov zaxiradan tushgan o‘yinda «Jenoa» «Milan»ga mag‘lub bo‘ldi