21:30 / 18.04.2021
3 435

Gimnastikachi qizlarimiz tarixiy natija qayd etishdi


Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining jahon kubogidagi muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Qizlarimiz bugungi dasturda ham ajoyib natijalarga erishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Guruh mashqlarining 5 ta to‘p bilan o‘tkazilgan dasturida jamoamiz 40.95 ball bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kun davomida Yekaterina Pirojkova boshchiligidagi qizlarimiz 3 halqa va 2 bulavada kechgan dasturda ham o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi.

Qizlarimiz mazkur dasturda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, jamoamizning ushbu yo‘nalishdagi tarixiy natijalaridan biriga erishdi. Qayd etish joiz, qizlarimiz guruh mashqlarida jahon kuboklarida hech qachon bunday muvaffaqiyatli ishtirok etishmagan edi.
Shu tariqa jamoamizning jahon kubogida qo‘lga kiritgan medallari 2 ta oltin va 1 ta kumushni tashkil etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gimnastikachi qizlarimiz tarixiy natija qayd etishdi