
“Real” Madrid klubi va yangi tashkil etilgan Yevropa Superligasi prezidenti Florentino Peres yangi musobaqaning tashkil etilishi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Biz futbolga har jabhada yordam beramiz va uni dunyoda munosib o‘ringa olib chiqamiz. Futbol – muxlislar soni bo‘yicha 4 milliard kishidan oshadigan yagona sport turi. Muxlislar ehtiyojini qondirish — bizning, katta klublarning mas’uliyati”, - dedi Peres.
Joel Gleyzer ("Manchester Yunayted") va Andrea Anelli ("Yuventus") Superliga prezidenti o‘rinbosarlari etib tasdiqlandi. Ular ushbu musobaqani tashkil etishda Peresning eng yaqin maslakdoshlari edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar