OCHL 3-turidan o‘rin olgan "Sharja" - "Paxtakor" o‘yinidan oldingi matbuot anjumanida bosh murabbiyi Piter Xyuistra ishtirok etdi.
"Bizni uch kun ichida "Sharja" bilan o‘tadigan ikki o‘yin kutmoqda. Bunday qisqa muddatda bir raqib bilan to‘qnash kelishni o‘ziga xos holat deb aytish mumkin. Jamoalar uchun qiziqarli to‘qnashuv bo‘ladi. Biz o‘yinga yaxshi tayyorlanyapmiz. Raqibning avvalgi bellashuvlarini tahlil qilib chiqdik. G‘alaba uchun maydonga tushamiz.
"Sharja" guruhda to‘rt ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Shu sababli bu jamoani uchrashuvdan avval ustunlikka ega deb hisoblayman. Ularda yaxshi jamoa shakllangan, saviyali futbolchilari bor.
Jamoalar uchun haqiqiy sinov to‘rtinchi o‘yindan boshlanadi. Futbolchilarning jismoniy holatini tetik holda saqlash, ruhiy tayyorgarligi ustida ishlash oson bo‘lmaydi. Shuning uchun butun jamoa, murabbiylar shtabi uchun qiziq davr. Ramazon oyi ekani sababli jamoani tetik ushlab turishda ko‘p ishlash kerak", - deb Xyuistraning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda