21:08 / 19.04.2021
2 646

Piter Xyuistra "Sharja"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?


OCHL 3-turidan o‘rin olgan "Sharja" - "Paxtakor" o‘yinidan oldingi matbuot anjumanida bosh murabbiyi Piter Xyuistra ishtirok etdi.
"Bizni uch kun ichida "Sharja" bilan o‘tadigan ikki o‘yin kutmoqda. Bunday qisqa muddatda bir raqib bilan to‘qnash kelishni o‘ziga xos holat deb aytish mumkin. Jamoalar uchun qiziqarli to‘qnashuv bo‘ladi. Biz o‘yinga yaxshi tayyorlanyapmiz. Raqibning avvalgi bellashuvlarini tahlil qilib chiqdik. G‘alaba uchun maydonga tushamiz.

"Sharja" guruhda to‘rt ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Shu sababli bu jamoani uchrashuvdan avval ustunlikka ega deb hisoblayman. Ularda yaxshi jamoa shakllangan, saviyali futbolchilari bor.

Jamoalar uchun haqiqiy sinov to‘rtinchi o‘yindan boshlanadi. Futbolchilarning jismoniy holatini tetik holda saqlash, ruhiy tayyorgarligi ustida ishlash oson bo‘lmaydi. Shuning uchun butun jamoa, murabbiylar shtabi uchun qiziq davr. Ramazon oyi ekani sababli jamoani tetik ushlab turishda ko‘p ishlash kerak
", - deb Xyuistraning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra "Sharja"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?