15:00 / 21.04.2021
2 111

Bugun "Gubernator kubogi"da to‘rt nafar bokschimiz jang qiladi


Ayni kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida "Gubernator kubogi"turniri davom etmoqda. Ma’lumki, ushbu nufuzli turnirda terma jamoamiz kuchli tarkibi bilan ishtirok etmoqda. Bugungi kunga qadar bir nechta vazn toifasidagi vakillarimiz o‘z janglarini o‘tkazib ulgurdi. Bugun ham to‘rtta bokschimiz ringga ko‘tariladi.

-52 kg: Shahobiddin Zoirov - Nurjigit Dyushebayev (Qirg‘iziston)
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov - Dacha Butdi (Tailand)
-63 kg: Elnur Abduraimov - Ilya Popov (Rossiya)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Artyom Fyodorov (Rossiya)

Janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00dan so‘ng boshlanadi. Mazkur bahslarda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
 
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun "Gubernator kubogi"da to‘rt nafar bokschimiz jang qiladi