“Manchester Yunayted” rahbariyati “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni qaytarishga qaror qilgani va buni amalga oshirish uchun uning agenti Jorje Mendesh bilan muzokara boshlagani haqida xabar qilgan edik.
Italiya matbuotining yozishicha, Ronaldu yozda Angliyaga ko‘chib o‘tishga tayyor va manchesterliklar safiga qo‘shilish uchun maoshining uchdan biridan voz kechishga rozilik bergan. Ma’lumotlarga qaraganda, Turin klubidan yiliga 31 million yevro olayotgan portugaliyalik hujumchi “Manchester Yunayted”dan 20 million yevro atrofida xizmat haqi so‘ramoqda.
Ronaldu 2003-2009 yillar “Manchester Yunayted” sharafini muvaffaqiyatli himoya qilib, bu klub bilan o‘zi qatnashgan deyarli barcha turnirlarda zafar quchgan. Keyin g‘alabali yurishini “Real”da davom ettirdi. 2018 yili “Yuventus” safiga qo‘shilganidan beri xalqaro miqyosda biror sovringa ega chiqqani yo‘q.
Futbol tarixda rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan Ronaldu faoliyatini tugatishdan oldin kamida bir marta Yevropa Chempionlar ligasi kubogini boshi uzra ko‘tarmoqchiligini yashirmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"