«Yunusobod sport majmuasi»da og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasida –109 kg vazn toifasidagi bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Unda hamyurtlarimiz Ruslan Nurudinov oltin, Akbar Jo‘rayev kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Dast ko‘tarish mashqida xitoylik Yang Chje yurtdoshlarimizga jiddiy raqobat ko‘rsatdi. Xitoylik polvon ushbu mashqda 200 kg toshni bo‘y sundirib, yangi jahon rekordiga mualliflik qildi. Bu mashqda Jo‘rayev 194 kg, Nurudinov 188 kg natija qayd etishdi.
Siltab ko‘tarish mashqida oltin medal uchun ikki vakilimiz o‘zaro raqobat olib borishdi. Yakunda Ruslan Nurudinov 241 kg bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish qatori yangi jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Kumush medal Akbar Jo‘rayevga, bronza medali esa xitoylik Yang Chjega nasib etdi.
Og‘ir atletika, Osiyo chempionati
Erkaklar, -109 kg:
1. Ruslan Nurudinov (O‘zbekiston) – 429 (188 + 241) kg
2. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 428 (194 + 234) kg
3. Yang Chje (Xitoy) – 415 (200 + 215)
Eslatib o‘tamiz, doping mojarolari sabab Ruslan Nurudinov ma’lum vaqt katta musobaqalardan chetda qolgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"