"Paxtakor" - "Eyr fors" (1:0) uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot najumanida "sherlar" bosh murabbiyi Piter Xyuistra o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Turnirda oxirgi o‘yinni o‘tkazdik. Yosh futbolchilarga imkoniyat berdik. Ular o‘yinga energiya bera olishdi, deb o‘ylayman. Yoshlar har bellashuvda barqaror o‘ynamasligi mumkin, lekin o‘zlariga kerakli tajribani to‘plab borishadi. Ba’zi uchrashuvlarda kutilgan natijaga erisha olmadik, biroq yaxshi futbol namoyish etishga intildik. Endi Toshkentga qaytib, chempionatning navbatdagi bahsiga hozirlik ko‘ramiz.
Ikki o‘yinda g‘alabani oxirgi daqiqalarda qo‘ldan chiqardik. O‘sha yutuqlarni saqlay olganimizda to‘rt ochko ko‘proq jamg‘arishimiz mumkin edi. Albatta, o‘tgan yilgi tarkib bilan hozirgisi o‘rtasida farq bor. Chempionlar Ligasida bir bellashuvda yutqazdik, ammo tashabbus bilan o‘ynagan holda ba’zi bellashuvlarni yuta olmadik. Yoshlar esa mavsum davomida bizga yordam berishda davom etishadi. Ular jamoa o‘yin uslubiga moslashib borishmoqda, - dedi Piter Xyuistra. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"