2 491
Diyor Imomxo‘jayev: "OCHL guruh bosqichi o‘yinlari "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Jar" stadionlarida o‘tishi mumkin"
Chempionlar ligasi sharq mintaqasi jamoalarining markazlashgan musobaqasiga Toshkent mezbonlik qilishi mumkinligi borasida xabar chiqdi.
Bu masalani bir necha haftadan buyon muhokama qilamiz. Unga ko‘ra, biz faqatgina 1 ta guruh uchrashuvlarini qabul qilishimiz mumkin. Shunda ham o‘yinlar "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Jar" stadionlarida o‘tsa. Chunki "Paxtakor" va AGMK Chempionlar ligasida o‘ynadi, ularning qoldirilgan uchrashuvlari bor. Yuqoridagi uch stadion variantida esa faqatgina "Bunyodkor" — "Qizilqum" o‘yini ketma-ketligini almashtirsak bo‘ldi. Ya’ni, birinchi uchrashuv Navoiyda o‘tadi, keyin "Qizilqum" kuzda Toshkentga keladi.
Biroq bunga jamoalar — "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Olimpik" ham rozi bo‘lishi kerak. Bir tarafdan ular stadionlar uchun pul ishlab oladi. Qolaversa, mehmonxonalarimiz ham katta delegatsiyani qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mutaxassislarimiz uchun xalqaro tajriba tayyor. Ammo ikki guruh bizni qiynab qo‘yadi. Chunki o‘yinlardan tashqari mashg‘ulotlar haqida ham o‘ylash lozim. Misol uchun "Jar" stadioni yoritish tizimi hozir talab darajasida emas, "Olimpik" klubi projektorlarni 1 iyulga qadar to‘g‘rilashi haqida ma’lumot bergan.
Bundan tashqari uchrashuvlar translyatsiyasi masalasini ham puxta o‘ylash kerak bo‘ladi. Ikkita guruh uchrashuvlarini translyatsiya qilish qiyin masala. O‘zimizning Superliga tashqarida qolib ketishidan manfaatdor emasmiz. Chunki bizning ham homiylar bilan kelishuvlarimiz bor. Bunda OFK translyatsiya texnikasini O‘zbekistonga alohida olib kiradimi yoki MTRK, UzReport kabi kanallarga suyanadimi, bizda ma’lumot yo‘q.
Aslida biz Chempionlar ligasining o‘zimizning klublar ishtirok etmaydigan musobaqasidan ko‘ra, o‘z klublarimiz ishtirok etadiganini qabul qilganimiz yaxshi edi. Ammo "Paxtakor" mezbonlikni istamadi. Mezbonlikni istagan "Nasaf" varianti esa OFK tomonidan maqbul ko‘rilmadi, OFK kubogi Tojikistonga berildi", - deb yozadi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi o‘z kanalida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"