Osiyo Chempionlar ligasi G‘arb mintaqasida guruh bosqich o‘yinlari yakunlandi. Markazlashgan holda tashkil etilgan bellashuvlarda yurtimiz sharafini “Paxtakor” va AGMK himoya qildi. O‘zbekiston chempioni “Paxtakor” kutilganidan-da ishonchsiz natija qayd etdi. “Sherlar”ning o‘yinlariga keyingi maqolada to‘xtalib o‘tamiz. Hozir olmaliqliklarning o‘yinlariga nazar solamiz.
AGMK ilk bor guruh bosqichida qatnashdi. Bu katta voqelik o‘laroq qabul qilindi. Jamoa birinchi davrani yaxshi o‘tkazdi. Ayniqsa, ilk turni.
Musobaqadagi dastlabki bellashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari OCHL favoriti “Al Hilol” bilan bahslashdi. Uchrashuvda Zafar Polvonov gol urgandi. Biroq Sardor Rahmonov kutilmaganda o‘z darvozasiga to‘p kiritib yubordi. Saudiyaliklar legioneri Vetto katta sahnaga chiqib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirgan pallada zaxiradan maydonga tushgan Sanjar Shoahmedov bellashuv durang bilan yakunlanishini ta’minladi.
Debyutant katta klubga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchramadi va kambek amalga oshirdi. Bu birinchi turdagi voqeliklar. Umuman olganda, barcha uchrashuvlar va ularning natijalaridan xabaringiz bor. Shu bois o‘yinlarning tafsilotlariga to‘xtalmaymiz, balki boshqa jihatlarga e’tibor qaratamiz.
Terma jamoalarimiz va klublarimiz grandlarga qarshi muhim o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘yar yoki oxirgi daqiqalarda gollar o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchrardi. Mirjalol Qosimov ana shu noxush an’anaga chek qo‘ygandek bo‘ldi “Al Hilol”ga qarshi uchrashuvda.
Chunki olmaliqliklar 1-turda o‘yin borasida raqibdan qolishmaslikka harakat qildi, iroda namoyish etdi, gol o‘tkazib yuborganidan so‘ng taslim bo‘lmaslik kerakligini o‘rgandi. Kambek nima ekanligini bildik, futbolchilarimiz ijrosida. Ammo bu uzoqqa cho‘zilmadi.
AGMK shu qadar qiziq natijalar qayd etdiki, bir safar yutgan raqibini keyingi gal o‘zi imkoniyatni boy berdi. “Istiqlol” va “Shabab Al Ahli” bilan uchrashuvlar bunga misol.
Mirjalol Qosimov yaxshi uslub va futbolchilarga g‘oliblik ruhini singdirishga urinmoqda. Biroq baribir jamoalarimiz qanchalik kuchli bo‘lmasin OCHLda bizdan ikki hissa qudratli raqiblar bor. BAA, Saudiya klublaridagi legionerlar o‘yin taqdirini hal etdi. Bizda esa bunday xorijlik o‘yinchilar yo‘q. Shuning uchun AGMK birinchi turdagi kabi irodali o‘yinni, katta klublarga qarshi bahslarda sinib qolmaslikni doim ham ko‘rsata olmadi.
Biz katta g‘alabalarni xohlasak, Superligaga kelayotgan, bir-ikki marta maydonga tushib, keyin zaxirada qolib ketadigan legionerlardan voz kechishimiz, ularning o‘rniga yoshlarga qo‘rqmay ishonch bildirishimiz lozim.
Musobaqada olmaliqliklar ilk bor ishtirok etganini aytdik. Shu bilan birga Tojikistonning “Istiqlol” klubi ham debyutant edi. Bu jamoa shu qadar muvaffaqiyatli qatnashmoqdaki, uning nomi tillarda doston. Ayniqsa, O‘zbekistonda.
Sababi klublarimiz qoniqarsiz natijalar qayd etgan bir pallada “Istiqlol” qanday chiroyli gollar uryapti. Yana kimsan Saudiyaning qudratli jamoasi “Al Hilol”ga. Qo‘shnilarimiz bu raqibni 4:1 hisobida taslim etda. “Al Hilol”, “Shabab Al Ahli” va AGMK joylashgan guruhda 1-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bular o‘zbek futboli jamoatchiligining diqqatini tortdi va klublarimizga tanqid toshlari otilmoqda.
Tojikistonlik ko‘plab o‘yinchilar turning eng chiroyli goli mualliflari, eng yaxshi futbolchilari qatorida qayd etildi. Bizdachi?
Tojikistonning “Istiqlol” klubida nomdor legionerlar yo‘q, jamoada ko‘plab yoshlar o‘ynayotgani bu davlatning terma jamoasi yaqin yillar ichida qay darajada kuchli bo‘lishini tasavvur qilavering. Bizning terma kelajagichi?
Bir necha yil avval Qatarda ham shunday holatni kuzatgandik. Yoshlarni tarbiyalagan Qatar yakunda Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Biz ham yoshlarga imkoniyat berishimiz kerakligini hozirgi futbol ko‘rsatyapti va kezi kelganda talab qilmoqda, deyishimiz mumkin, agarda keyinchalik natijaga erishmoqchi bo‘lsak.
Bekzod Isayev
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"