Yaqindagina "Tottenxem"dan iste’foga chiqarilgan Joze Mourino sobiq klublariga qanday e’tiborda ekanligini aytdi.
- Qaysi klubni yaxshi ko‘rasiz?
- O‘z shahrimdagi "Vitoriya Setubal"ni. Ularda bo‘layotgan ishlarga doimo qayg‘uraman. Undan tashqari, klubdagi barchani qattiq hurmat qilaman. Agarda ikki sobiq jamoam qarama-qarshi o‘ynaydigan bo‘lsa, muxlislari, rahbariyati bilan qaysi biriga ko‘proq bog‘lanib qolgan bo‘lsam, o‘sha jamoaga muxlislik qilaman.
Men bir jamoada ko‘p ishlagan mutaxassis emasman. Agarda "Real" men uchun ahamiyat kasb etmaydigan jamoaga qarshi o‘ynasa, albatta "Real"ga muxlisman.
- "Real" "Chelsi"ga qarshi o‘ynasachi?
- O‘z do‘stlarim yo‘lidan boraman. Qayerda ko‘proq vaqtimni o‘tkazganman? Prezident o‘sha-o‘shami? Xo‘jayinlar o‘sha-o‘shami? Men bilan ishlagan futbolchilarmi? Umuman olganda barchadan minnatdorman. U yerda o‘z ishim bilan barchasini to‘lab bo‘lganman.
Ko‘p yutamizmi, kam yutamizmi, g‘alaba yo‘qmi, men har bir ishlagan joyimda borimni beraman. Klubdan ketayotganimda ham u yerdagilarga doimo iliq so‘zlar aytaman. Doimo pozitivlikka intilaman. "Inter"! "Inter" bilan barchasini yutdim. U yer bilan meni doimo bog‘lanib turgan joyimiz bor.
Agarda bir kun kelib, Italiyada ishlash kerak bo‘lsa, "Inter"ning asosiy raqobatchisi taklif bilan chiqsa, ikki marta o‘ylab o‘tirmayman. Professionalman. O‘z ishimga sidqidildan yondashaman. O‘z ishimni yaxshi ko‘raman. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi