02:56 / 05.05.2021
2 381

ECHL. "Manchester Siti" o‘z tarixida ilk bor YECHL finaliga chiqdi!


Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Siti" va PSJ jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yin taqdirini "shaharliklar" futbolchisi Riyad Maxrezning dubli hal etdi. Jazoirlik futbolchi 11-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 63-daqiqada jamoasining ishonchli hisobdagi g‘alabasini ta’minlagan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, "Manchester Siti" o‘z tarixida ilk bor finalga chiqdi. Ularning raqibi "Chelsi" hamda "Real" klublari o‘rtasidagi o‘yinda aniqlanadi.

"Manchester Siti" – PSJ 2:0
4 may, "Etixad Stedium"
Gollar: 1:0 – 11 Marez, 2:0 – 63 Marez.
"Manchester Siti" – Ederson, Uoker, Ruben Diash, Stounz, Zinchenko, de Bryuyne (Gabriel Jezus, 82), Gyundogan, Foden (Aguero, 85), Fernandino, Marez, Bernardu Silva (Sterling, 82).
PSJ – Navas, Florensi (Dagba, 75), Kimpembe, Diallo (Bakker, 82), Markinos, Di Mariya, Errera (Draksler, 62), Paredes (Danilu Pereyra, 75), Verratti, Ikardi (Kin, 62), Neymar.
Ogohlantirishlar: Errera (22), Zinchenko (71), Verratti (71), de Bryuyne (74), Kimpembe (87), Danilu Pereyra (89).
Chetlatish: Di Mariya (69).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » ECHL. "Manchester Siti" o‘z tarixida ilk bor YECHL finaliga chiqdi!