17:41 / 07.05.2021
2 005

Qashqadaryo viloyati hokimi "Nasaf"ga muhim o‘yinlar oldidan omad tiladi


Xabaringiz bor, "Nasaf" OFK kubogida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Bugundan Toshkent shahrida mashg‘ulotlarni olib boradigan Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 14-20 may kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida OFK kubogi-2021 “F” guruhi uchrashuvlarida ishtirok etadi.

Qarshiliklar musobaqada qatnashish uchun 10 may kuni qo‘shni Tojikiston Respublikasiga yo‘l oladi. Safar oldidan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev "Nasaf" klubiga omad tiladi.
- Yurtimiz sha’nini himoya qilish uchun OFK o‘yinlariga otlangan viloyatimizning bosh jamoasi - "Nasaf"ga o‘zim va ko‘p sonli muhlislari nomidan omadlar tilayman. Vatanimizga g‘alabalar bilan kelishiga tilak bildirib qolamiz, - dedi viloyat hokimi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qashqadaryo viloyati hokimi "Nasaf"ga muhim o‘yinlar oldidan omad tiladi