23:12 / 12.05.2021
3 806

Dragan Cheran: "O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashga tayyorman. Faqat... "


Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Superliganing sakkizinchi turida o‘z maydonida "Qo‘qon-1912" ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda maydon egalari 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi gollardan biriga mualliflik qilgan jamoa yetakchisi Dragan Cheran fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Muhimi uch ochko qo‘lga kiritdik. Biz uchun har bir o‘yin qiyin o‘tmoqda. Bugun ham oson g‘alaba qozondik, deya olmayman. Raqib  "Qo‘qon-1912" jamoasi safarda hali mag‘lubiyatga uchramagandi. Bizga yetarlicha qarshilik ko‘rsata olishidan xabarimiz bor edi. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz va "Paxtakor"ning o‘rni qayerda ekanligini ko‘rsatishimiz kerak.

Jamoa og‘ir uch haftani o‘tkazdi. Dastlab OCHLda 10 kunda 6ta o‘yinda maydonga tushdik. U yerdan kelib  "Turon" ga qarshi to‘p tepdik. Shu bois jismoniy jihatdan toliqish bo‘lishi tabiiy hol. "Qizilqum" bilan o‘yindan so‘ng chempionatda tanaffus yuzaga keladi. Mana shu pallada dam olish imkoniyati yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashim? Men tayyorman. Lekin qachon o‘ynashim aniq emas. Pasport bilan bog‘liq muammolar bor. Shu bois aniq gap ayta olmayman
", - deydi Cheran.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dragan Cheran: "O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashga tayyorman. Faqat... "