08:00 / 18.05.2021
2 319

Diyor Imomxo‘jayev: "Nasaf" klubi "Ayaks"ning bizdagi soyasiga o‘xshaydi


OFK Kubogida "Nasaf" ajoyib o‘yinlar namoyish etib, muxlislarga g‘alabalar taqdim etmoqda. Qarshiliklar guruhdagi ikki uchrashuvda 6 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

E’tiborlisi, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari o‘tkazilgan bellashuvlarda 7 bor gol urib, o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diryo Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida xalqaro maydondagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikni mamnun etayotgan "Nasaf" borasida fikr bildirdi.

- Ro‘ziqul Berdiyev hech kim tanimaydigan maktab o‘quvchilaridan har qanday raqibga tik qaraydigan bitta jamoa yasay oladi. "Nasaf" "Ayaks"ning bizdagi soyasiga o‘xshaydi. Shuning uchun ham ba’zida uning kichik muvaffaqiyatlari boshqa klubning katta g‘alabasidan fayzliroq ko‘rinadi, - dedi Diyor Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: "Nasaf" klubi "Ayaks"ning bizdagi soyasiga o‘xshaydi