1 437
«Aholining 60-70 foizi emlanganidan so‘ng immuniteti bor fuqarolar niqobsiz yurishi mumkin bo‘ladi»
O‘zbekiston aholisining 60-70 foizi koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganidan so‘ng immunitet hujayralari mavjud insonlar niqoblarsiz yurishi va ijtimoiy masofani saqlamasligi mumkin. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinatsiya koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning oldini oladi va respublika aholisining 60-70 foiz qismi vaksinatsiya qilinsa, ommaviy immunitet hosil bo‘ladi. Ommaviy immunitet hosil qilinishi koronavirus infeksiyasini nazorat qilish va yengib chiqishda erishilgan katta yutuq hisoblanadi.
“Vaksinatsiyaning to‘liq bosqichlarini olgan inson organizmida koronavirus infeksiyasidan himoya qiluvchi immun hujayralar ishlab chiqiladi. Mazkur hujayralar qancha muddat himoya qilishi borasida to‘liq ma’lumot bo‘lmasa-da, bu hujayralar titri yuqori bo‘lgan davrda insonga koronavirus infeksiyasi yuqmaydi. Albatta, bunday holatda vaksinatsiya to‘liq bosqichlarini olgan va immunitet hujayralari mavjud insonlar niqoblarsiz yurishi va ijtimoiy masofani saqlamasligi mumkin”, dedi shtab a’zosi.
Shuningdek, AQSH va Yevropaning ba’zi davlatlarida vaksina olgan fuqarolarga niqoblarsiz yurish, ijtimoiy masofani saqlamaslikka ruxsat berilgani eslatib o‘tildi.
Mutasaddining fikricha, bu ushbu davlatlar aholisi orasida emlanganlar soni 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgani hamda aholi orasida ommaviy immunitet hosil qilinishiga asos mavjudligi bois bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda