“Mash’al” – AGMK (2:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ajoyib o‘yin va g‘alaba. Bunday g‘alabadan keyin xursand bo‘lmaslik mumkinmi? Futbolchilar xarakter ko‘rsatishdi. Bugungi o‘yinga tanlagan reja va taktikamiz ish berdi va buni o‘yinchilar a’lo darajada bajardilar. Buning uchun futbolchilarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ularning oldida shlyapamni yechaman!
Bugungi raqibimiz jiddiy edi va shunga qarab tayyorlangandik. 7 ta o‘yindan beri darvozamizdan gol o‘tkazib yuborayotganimiz albatta yoqimsiz. Muhimi, biz g‘alaba qozondik va kamchiliklarimiz ustida yana ishlashda davom etamiz.
Bugungi o‘yin uchun birorta futbolchimizni alohida ko‘rsatmayman. Barchasi g‘alaba uchun mehnat qildi. Tabiiyki, murabbiy sifatida o‘yinchilarimdan hamisha eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatishini istayman. Biz yana mehnat qilishdan to‘xtamaymiz. Muxlislarimizni ham g‘alaba bilan tabriklayman, - dedi Xomyakov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda