18:54 / 20.05.2021
2 238

OFK Kubogi. "Nasaf" guruhni 1-o‘rinda yakunladi!


OFK Kubogi guruh bosqichi o‘z yakuniga yetdi. 3-turdan o‘rin olgan uchrashuvda "Nasaf" Turkmanistonning "Oltin Asr" klubiga qarshi maydonga tushdi. O‘yin vakillarimizning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, 27-daqiqada Shohmalik Komilov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Xusayn Norchayev bosh bilan yo‘llagan aniq zarbasi orqali hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.
Shu tariqa, guruhdagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan "Nasaf" 9 ochko bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ikkinchi pog‘onadagi "Oltin Asr" hisobida 4 ochko mavjud.

"Nasaf" (O‘zbekiston) - "Oltin Asr" (Turkmaniston) - 2:0
Gollar:
Shohmalik Komilov 27 penalti, - 1:0. Husayin Norchayev 35, - 2:0 (Sherzod Nasrullayev).

"Nasaf": 35. Abduvohid Ne’matov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev (70. Abubakr Rizo Turdialiyev, 66), 19. Husayin Norchayev, 20. Suhrob Nurulloyev (8. Dilshod Saitov, 66), 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev (3.Ja’farjon Karimov, 79), 50. Shohmalik Komilov (14. Shokir Yo‘ldoshev, 66), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich (28. Sardor Sadullayev, 79), 92. Umar Eshmurodov.
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 15. Jo‘rabek Mannonov, 25. Muxriddin Zoirov, 55. Shahzod Akramov, 71. Jasur Jumayev.

"Oltin Asr": 16.Dovletmuhammet Jallatov, 2.Zafar Bobojonov, 4. Mekan Saparov (9.Begenchmurat Murodov, 46), 5.Guychmurat Annaguliyev, 8.Ahmet Atayev, 10.Rahman Muratberdiyev (3.Selim Atayev, 66), 18.Furqat Tursunov, 19.Begench Akmamedov (17.Murat Annayev, 46), 20.Begmurat Bayov (11.Shamammet Xidirov, 46), 21.Vezirgeldi Ilyasov (7.Altimurat Annadurdiyev, 57), 22.Rovshangeldi Halmammedov.
Zaxira: 23.Dovletyar Berdiyev, 12.Ilyos Toyjanov, 13.Mixail Titov, 24.Gurbangeldi  Batirov, 27.Velmurat Ballakov. 
Ogohlantirishlar: Mekan Saparov 44, Guychmurat Annaguliyev 58, Sardor Sadullayev 85.
Chetlatish: Furqat Tursunov 55

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK Kubogi. "Nasaf" guruhni 1-o‘rinda yakunladi!