
Armanistonda g‘alati voqea yuz berdi. “Pyunik” bosh murabbiyi Yegishe Melikyan rossiyalik hujumchi Anton Kobyalkoni aeroportda do‘pposladi.
Ustoz va shogird munosabatlari “Ararat-Armeniya”ga qarshi uchrashuvda buzildi. Klub legionerning shartnomasini muddatidan oldin bekor qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Anton jamoa bilan xayrlashish uchun klub bazasiga kelgan. Keyin bosh murabbiy Melikyanga uchrab, o‘yinda uni so‘kkani uchun kechirim so‘ragan. Murabbiy Antonning uzrini qabul qilmagach, futbolchi uning yuziga tarsaki tortib yubordi va bazadan qochib, aeroportga ketdi.
Yegishe Melikyan klub bosh direktori o‘rinbosari Kim Arakelyan bilan birga aeroportga yetib kelib, Antonni tutib oldi va hammaning ko‘z o‘ngida yerga yotqizib, do‘pposladi. Kaltak yegan futbolchi politsiyaga arz qilishdan bosh tortdi va yurtiga uchib ketdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar