2 355
Usmon Toshev jamoasi Iroq bilan bellashdi. "Bunyodkor" va "Navbahor" futbolchilariga to‘liq imkoniyat berildi
Jahon chempionati saralash bahslariga Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston milliy terma jamoasi ham jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti. Bu yo‘lda o‘rtoqlik uchrashuvlari ham rejalashtirilgandi. Tojikistonliklar Basra shahrida Iroq termasi bilan kuch sinashdi. Ushbu to‘qnashuvda darvozalar daxlsiz qoldi – 0:0.
“Bunyodkor” himoyachisi Davron Ergashev hamda “Navbahor” yarim himoyachisi Exsoni Panshanbe asosiy tarkibda maydonga tushirildi va uchrashuvni to‘liq o‘tkazishdi. Endi Usmon Toshev bosh murabbiylik qilayotgan Tojikiston terma jamoasi 29 may kuni BAAning Sharja shahrida Tailandga qarshi maydonga tushadi.
Tojikiston terma jamoasi: Rustam Yatimov, Vaxdat Xanonov, Davron Ergashev, Axtam Nazarov, Manuchexr Safarov, Abdulmo‘min Zabirov (Zoir Jo‘raboyev, 46), Muhammadjon Rahimov (Nuriddin Hamroqulov 59), Ehsoni Panshanbe, Komron Tursunov (Ilhom Barotov, 82), Sheriddin Boboyev, Rustam Soirov.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Usmon Toshev “Buxoro” klubida menejer sifatida ish boshlagan. U jahon chempionati saralash bahslaridan keyin Tojikistonni tark etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi