
Hozirgina Ukrainada tashkil etilgan Valeriy Lobanovskiy xalqaro turniridan o‘rin olgan O‘zbekiston U21 hamda Ukraina U21 terma jamoalari bahsi o‘z yakuniga yetdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv 2:0 hisobida vakillarimizning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab 41-daqiqada Jasur Jaloliddinov raqib himoyachisining qo‘pol xatosidan unumli foydalanib hisobni ochgan bo‘lsa, 61-daqiqada Husayn Norchayev oradagi farqni 2 taga yetkazdi.
Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmay qoldi va Temur Kapadze boshchiligidagi jamoamiz musobaqa g‘olibiga aylandi.
Valeriy Lobanovskiy xalqaro turniri
Ukraina U21 - O‘zbekiston U21 0:2
Gollar: Jasur Jaloliddinov, Husayn Norchayev
O‘zbekiston U21Ukraina U21Valeriy LobanovskiyJasur JaloliddinovHusayn NorchayevMusobaqa G‘olibi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar