22:00 / 28.05.2021
2 615

Bobir Abdixoliqov: "Turon" menga jiddiy taklif bilan chiqdi, biroq hozirgi maqsadim Yevropada o‘ynash"


O‘zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov ayni paytda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. U faoliyatini qayerda davom ettiradi? O‘zbekistondami yoki yana xorijga ketadimi? Shu kabi savollar bilan Abdixoliqovga murojaat qildik.

- Bobir, sizda qanday yangiliklar bor? Faoliyatingizni qaysi klubda davom ettirishingiz aniq bo‘ldimi?
- Ayni paytda O‘zbekistonda xordiq chiqarayapman va yangi takliflarni ko‘rib chiqayapman. Ochig‘ini aytaman so‘nggi kunlarda menga ko‘plab takliflar bo‘ldi. O‘zbek klublaridan AGMK, "Bunyodkor", "Paxtakor" va "Turon" klublari vakillari men bilan bog‘lanishdi. Ayniqsa "Turon" klubining taklifi juda jiddiy bo‘ldi. Klub rahbariyati meni jamoada ko‘rishni juda xohladi.

Biroq ayni paytda faoliyatimni Yevropada davom ettirmoqchiman. Chet eldan bir ikkita qiziqarli variantlarim bor. Agar mabodo O‘zbekistonda qolgan taqdirimda katta ehtimol bilan "Turon"ga o‘tardim. Janubiy Koreya, Isroil va Qatardan bo‘lgan takliflarga rad javobini berdim. Agar pulni o‘ylaganimda Koreya yoki Qatar klubiga o‘tgan bo‘lardim. Asosiy maqsadim pul emas, futbolchi sifatida o‘sish.

- Agar O‘zbekistonda qolsam "Turon"da o‘ynayman dedingiz. Nima uchun aynan "Turon"?
- Sababi "Turon"ning taklifi o‘ta jiddiy bo‘ldi. Bundan tashqari hususiy klub bo‘lishiga qaramay infratuzilmasi, futbolchilarga yaratilgan sharoitlar menga juda yoqdi. Stadiondagi so‘nggi o‘zgarishlar ham meni hayron qoldirgani rost. Umid qilamanki klub rahbariyati meni to‘g‘ri tushunadi. Hozirgi bosh maqsadim faoliyatimni Yevropada davom ettirish bo‘lib qolmoqda.

- Sport formangizni qanday ushlab turibsiz?
- Hozircha Qarshida, "Nasaf" safida shug‘ullanib turibman. Jismoniy holatimni ushlab turish uchun imkoniyat bergan Ro‘ziqul Berdiyev katta rahmat aytmoqchiman.

- "Nasaf" yaqinda OFK kubogida ishtirok etib qaytdi. Sobiq klubingiz o‘yinlarini tomosha qildingizmi?
- Albatta tomosha qildim. OFK kubogida "Nasaf" ajoyib natijalar qayd etdi. Husayin Norchayev, Shohmalik Komilov kabi hujumkor futbolchilar yetishib chiqishmoqda, ular klubning kelajagi deb o‘ylayman. "Nasaf"ga OFK kubogini qo‘lga kiritishini tilab qolaman.

Nig‘monxo‘ja Nozimov suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bobir Abdixoliqov: "Turon" menga jiddiy taklif bilan chiqdi, biroq hozirgi maqsadim Yevropada o‘ynash"