23:48 / 28.05.2021
2 490

Timur Kapadze: "Bizning aniq maqsadimiz bor va bu yo‘lda barchamiz harakat qilishdan to‘xtamasligimiz kerak"


U-21 O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Ukrainada bo‘lib o‘tgan Valeriy Lobanovskiy xalqaro xotira turniri haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Birinchi navbatda hammani g‘alaba bilan tabriklayman. Har ikki o‘yinda ham futbolchilarim yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Kecha Ozarbayjonga qarshi uchrashuvda ham raqiblarimizga deyarli imkoniyat qoldirmadik. Kecha ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldik, lekin ko‘pidan foydalana olmadik. Ammo asosiysi uchrashuvda g‘alabaga erishdik.

Har kuni o‘yin o‘tkazish qiyin, biroq kechagi va bugungi uchrashuvda asosiy tarkibda tushganlar va zaxiradan qo‘shilganlar bir jamoa bo‘lib o‘ynashdi. Ularning barchasi yaxshi harakat qilishdi. Ukrainaga ham hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Bu kichik g‘alaba bo‘lishi mumkin, lekin hali katta musobaqalarda ham g‘alabalarni qo‘lga kiritib, yurtimizni sha’nini ishonchli tarzda himoya qilishga harakat qilamiz.

Bu tashkil etilgan U-21 terma jamoamizning va mening murabbiy sifatidagi birinchi sovrinim bo‘ldi. Bundan keyin yanada kattaroq musobaqalarda kuchli o‘yin ko‘rsatib, oltin medallar bilan qaytishga harakat qilamiz.O‘ylaymanki, bundan keyin ham yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz, har bir musobaqa va o‘rtoqlik uchrashuvida bor kuchimiz bilan o‘ynashga intilamiz. Eng asosiysi bizni aniq maqsadimiz bor va vu yo‘lda barchamiz harakat qilishdan to‘xtamasligimiz kerak. Shu kabi turnirlar orqali futbolchilarimiz o‘sishda davom etishadi, o‘sadi deb o‘ylayman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Bizning aniq maqsadimiz bor va bu yo‘lda barchamiz harakat qilishdan to‘xtamasligimiz kerak"