08:53 / 30.05.2021
2 054

Gvardiola: “Chelsi”ning himoya qo‘rg‘onini zabt etish oson emasdi. Ikkinchi bo‘limda gol urishga loyiq edik”


“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola YECHL finalida “Chelsi”ga (0:1) uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Tarkibni tanlash borasida qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. G‘alaba uchun eng yaxshi variantni tanlashga urindim. Birinchi bo‘limda bor kuchimiz bilan raqib himoya qo‘rg‘onini “buzish”ga urindik. Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq harakat qildik.

“Chelsi”ning himoyaviy strukturasiga qarshi chiqish oson ish emas. Uzoq masofalarga to‘p uzatish va ikkinchi to‘p uchun kurashda qiyinchiliklarga duch keldik. Butun mavsumni yaxshi o‘tkazdik. Ammo finalda g‘alabaga erisha olmadik. Harakat qildik, biroq maqsadga erisholmadik. Yanada yaxshiroq ishlashda davom etamiz.

Umuman o‘yin katta bosim ostida kechdi. Ilk marta YECHL finalida o‘ynashimizga qaramay yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Ikkinchi bo‘limda dadilroq harakat qildik. Ammo bu kecha raqibning maqsadi amalga oshdi. Londonliklarni g‘alaba bilan tabriklayman.

Har doim g‘olib chiqish uchun harakat qilish lozim. Ikkinchi bo‘limda ularda birgina Pulishich bilan bog‘liq xavfli vaziyat yaratildi. Albatta “Chelsi” yaxshi jamoa, ammo biz ularga nisbatan yaxshiroq harakat qilgandik. Ikkinchi bo‘limda hech bo‘lmaganda bitta gol urishga loyiq edik.  Ammo bu amalga oshmay qoldi”, dedi Gvardiola.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: “Chelsi”ning himoya qo‘rg‘onini zabt etish oson emasdi. Ikkinchi bo‘limda gol urishga loyiq edik”