22:01 / 31.05.2021
3 218

Bahodir Jalolov qozog‘istonlik azaliy raqibi Kamshibek Kunkabayevni mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylandi


Foto: Instagram
Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final bahslari 31 may, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Osiyo chempionatining markaziy jangi +91 kg vazn toifasi vakillari Bahodir Jalolov va Kamshibek Kunkabayev o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi Qozog‘iston vakilini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa Bahodir Osiyo chempionati oltin medaliga ega chiqdi. Qayd etish joiz, bu Bahodir va Kamshibek o‘rtasidagi o‘zaro 6-jang edi. Hisob 4:2 Bahodir foydasiga.

Avvalroq Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Bobousmon Boturov (-69), Saidjamshid Ja’farov (-75) va Dilshodbek Ro‘zmetov (-81) finalni g‘alaba bilan yakunlab, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgandi. Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg) esa finalda mo‘g‘ulistonlik bokschiga mag‘lub bo‘lgandi.

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik bokschilar birinchi o‘rinni egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov qozog‘istonlik azaliy raqibi Kamshibek Kunkabayevni mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylandi