22:37 / 01.06.2021
2 696

"Real" bugun yangi bosh murabbiy nomini e’lon qilishi mumkin


Italiyalik jurnalist-insayder Janluka Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, Karlo Anchelotti bugun “Real”ning yangi bosh murabbiyi sifatida e’lon qilinishi mumkin. Ta’kidlanishicha, muzokaralar yakuniy bosqichda ketmoqda.

Italiyalik mutaxassisning "Everton" bilan shartnomasi borligi sababli hali shartnoma rasman imzolanmagan, ammo "Real" Anchelotti qaytishini xohlamoqda. Shu bois Karlo ingliz klubi bilan kelishuvni bekor qilish ustida muzokaralar olib bormoqda.

Ta’kidlanishicha, “Inter”ning sobiq ustozi Antonio Konte bilan “Real” vakillari bevosita aloqada bo‘lmagan. Bu boradagi xabarlar shunchaki mish-mish xolos.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti 2013 yildan 2015 yilgacha "Real" bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Italiyalik mutaxassis boshqaruvida "qaymoqranglilar" Chempionlar ligasi, Ispaniya kubogi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" bugun yangi bosh murabbiy nomini e’lon qilishi mumkin