21:17 / 10.06.2021
4 007

Yaman TJ ustozi: "Falastin O‘zbekiston ustidan g‘alaba qozongach bizda ishonch paydo bo‘lgandi"


Yaman - O‘zbekiston o‘yini oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida raqib bosh murabbiyi Ahmad Ali Qosim ishtirok etdi.
- Ertangi o‘yinimiz og‘ir kechishini bilamiz. O‘zbekiston terma jamoasi guruhda favoritlardan biri. Saudiya Arabistoni bilan uchrashuvda tezkor gol bizni qiynab qo‘ydi. Keyingi bahsga jiddiy tayyorlandik. O‘zbekiston favorit hisoblansa ham o‘z kuchimizga ishonamiz. Avvalgi uchrashuvda durangga loyiq edik.

Falastin O‘zbekiston ustidan g‘alaba qozongach, bizda ishonch paydo bo‘lgandi. Ammo hujumga tashlanib himoyada xatolarga yo‘l qo‘yib yirik hisobda yutqazganmiz. Bu safar O‘zbekistonning qanday kichga ega yekanligini bilib turibmiz.

O‘zbekiston bir xil darajadagi 23 futbolchiga ega. Ularning birini alohida ajratishni istamagan bo‘lardim. Barchasi yuqori saviyada o‘ynashadi, - dedi Ahmad Ali Qosim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaman TJ ustozi: "Falastin O‘zbekiston ustidan g‘alaba qozongach bizda ishonch paydo bo‘lgandi"