Yevro-2020. Belgiya Rossiyani yirik hisobda mag‘lub etdi

Yevro-2020. Belgiya Rossiyani yirik hisobda mag‘lub etdi
Foto: «Aif.ru»
Yevropa chempionatida V guruhida 1-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Rossiya o‘z maydonida Belgiya bilan bahs yuritib, himoyachilarning xatolari evaziga mag‘lubiyatga uchradi. Lukaku tezkor dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Mene hisobiga yozildi.

Belgiya 1-turdan so‘ng guruhda yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Avvalroq guruhning birinchi o‘yinida Finlyandiya kutilmaganda Daniya (1:0) ustidan g‘alaba qozongandi.

Belgiya — Rossiya 3:0
Gollar:
Lukaku (10, 88), Mene (34).
Belgiya – Kurtua, Boyata, Vertongen (Vermalen, 77), Alderveyreld, Kastan (Mene, 27), Tilemans, Dendonker, T.Azar, Karrasko (Prat, 77), Lukaku, Mertens (E.Azar, 72).
Rossiya – Shunin, Fernandes, Jikiya, Jirkov (Karavayev, 43), Semyonov, Golovin, Barinov (Diveyev, 46), Zobnin (Muxin, 63), Kuzyayev (Cherishev 29, Miranchuk 63), Ozdoyev, Dzyuba.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar