21:00 / 14.06.2021
2 130

Yevro-2020. Maydon markazidan gol urilgan o‘yinda Chexiya Shotlandiyani mag‘lub etdi


Yevropa chempionati 1-turidan o‘rin olgan Shotlandiya hamda Chexiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Unda nominal mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida Patrik Shik bosh bilan yo‘llagan zarbasi orqali hisobni ochgan bo‘lsa, uning o‘zi ikkinchi taym boshida deyarli maydon markazidan bergan aniq zarbasi bilan oradagi farqni oshirdi.

Shunday qilib, ochkolari sonini 3 taga yetkazib olgan chexlar birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ushbu guruhda shuningdek, Angliya hamda Xorvatiya terma jamoalari ham o‘rin olgan.

Shotlandiya - Chexiya 0:2 
Gol:
Shik 42, 52.
Shotlandiya: 1.Devid Marshall, 24.Djek Xendri, 16.Liam Kuper, 5.Grant Xenli, 3.Endryu Robertson, 2.Stiven O`Donnell, 4.Skott Maktominey, 7.Djon Makginn, 17.Styuart Armstrong, 11.Rayan Kristi, 9.Lindon Dayks 
Zaxira: 12.Kreyg Gordon, 21.Djon Maklaflin, 13.Greg Teylor, 22.Neytan Patterson, 26.Skott Makkena, 8.Kallum Makgregor, 18.Devid Ternbull, 20.Rayan Freyzer, 23.Billi Gilmor, 25.Djeyms Forrest, 10.Che Adams, 19.Kevin Nisbet. 
Chexiya: 1.Tomash Vatslik, 18.Yan Borjil, 6.Tomash Kalas, 3.Ondrjey Chelustka, 5.Vladimir Soufal, 21.Aleks Kral, 15.Tomash Souchek, 14.Yakub Yankto, 8.Vladimir Darida, 12.Lukash Masopust, 10.Patrik Shik. 
Zaxira: 16.Alesh Mandous, 2.Pavel Kaderjabek, 4.Yakub Brabes, 9.Tomash Golesh, 17.David Zima, 22.Alesh Mateyu, 7.Antonin Barak, 13.Petr Shevchik, 11.Mixal Krmenchik, 19.Adam Glojek, 20.Matey Vidra, 24.Tomash Pekkart.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro-2020. Maydon markazidan gol urilgan o‘yinda Chexiya Shotlandiyani mag‘lub etdi