Qo'rqinchli tushga o'xshasa ham, bu real hayotda sodir bo'ldi. Tarixda ilk bor mundial saralashining 2-bosqichida qolib ketdik. Vaziyatni yaxshiroq tushunishingiz uchun aytaman: Livan, Ummon va Vetnam singari jamoalar keyingi bosqichga chiqdi, Tojikiston termasi bizdan yuqori o'ringa joylashdi(!).
Toshkentda mart oyining oxirida Iroqqa qarshi o'tkazilgan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvidagi mag'lubiyatdan keyin milliy jamoamiz ustozi nimalarga qodirligini iyun oyida ko'rsatishini aytgandi. Mana, u aytgan iyun oyida turibmiz. Murabbiy esa futbolimiz tarixidagi antirekordni o'rnatishdan boshqa narsa qilmadi. SHu tufayli Vadim Karlenovichga olib qo'ygan savollarimizni berish vaqti keldi, deb o'yladik.
Vadim Karlenovich, ...
1. ... hal qiluvchi bahslarga tayyorlanishingiz uchun tashkilotchilik tomonidan qandaydir kamchilik bo'ldimi?Malumot uchun, sizga butun dunyoda terma jamoalar tin olgan 2020 yilda ham 6 ta o'yin tashkil qilib berilgan edi. 2021 yil haqida gapirmay qo'ya qolamiz.
2. ... o'rtoqlik o'yinlarida eng ko'p maydonga tushirganingiz, raqobatdan holi futbolchilar sifatida taassurot qoldirgan Islomjon Qobilov, Sanjar Qodirqulov singari nomlar hal qiluvchi bahsda maydonda ko'rinmadi?Malumot uchun, Yaman va Sinpurga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlagan Umarbek Eshmurodov 2020 yilgi yig'inlar davomida umuman maydonga tushirilmagan.
3. ... "Bunyodkor" kiyim almashtirish xonasida nima qildingiz?14 may kuni "Bunyodkor" Superliganing 8-turida AGMK mehmoni bo'ldi. O'sha o'yinning tanaffusiga "qaldirg'ochlar" 1 kishi va 1 ta to'p ustunligi bilan chiqib ketishdi. "Bunyodkor" 2-taymda javobsiz 3 ta gol o'tkazib yubordi. Keyinchalik "Championat.asia"ning "Eshitdik-da!" rukni tanaffusda Vadim Karlenovichning "qaldirg'ochlar" kiyim almashtirish xonasida bo'lgani haqida xabar berdi.
Milliy jamoa ustozining butunlay boshqa klub kiyim almashtirish xonasiga kirib borishi ham qiziqarli, ham shubhali. O'sha klubning bunga qarshilik qilolmasligi esa o'ta kulgili...
Eng qizig'i, o'sha xabarni na O'FA, na "Bunyodkor" tomoni rad qildi. Demak, malumot to'g'ri bo'lgan va associaciya o'zi chiqargan qarorning mensilmasligiga qarshi emas.
4. ... so'nggi 1 yilda Superligada 1 dona ham samarali harakat qilolmagan yoqimtoy vingeringiz SHohboz Umarov yoki Xurshid G'iyosovdan kuchliroq ekaniga ishonadigan darajada ahmoqmisiz? Yoki Ikromov ammangizning o'g'li bo'ladimi? (Aslida, u qadrdoningiz Yuriy Belousning mijozi ekanini bilamiz)
5. ... Farrux Sayfievni qanday asos bilan terma jamoadan chetlatdingiz?
6. ... Saudiya Arabistoni bilan o'yinga tushirilgan tarkibni rostan ham o'zingiz tanladingizmi? (Olamda mish-mish yuribdi: bu ishda 14-sonli bolalar bog'chasi tarbiyalanuvchilarining qo'li bor emish) Bu tarkib orqali nimani maqsad qilgan edingiz?
7. ... so'nggi yillarda o'ng qanotning haqiqiy egasiga aylangan Hamdamov nega zaxirada qoldi va nega yana zaxiraga olindi?
8. ... qachon istefo berasiz?P.s. Afsuski, har qancha yoqimsiz bo'lsa ham, bu voqea sodir bo'ldi. Mutaxassis yuqoridagi savollarimizning barchasiga javob qaytarishiga umid qilamiz. Ammo, bu sharmandalikning yagona aybdori Vadim Abramov emasligini ham alohida takidlash kerak. Aybning 50 foizi unikidir, ortiqcha emas.
Mazkur mutaxassis terma jamoa boshqaruviga qanday qilib qaytgani yodingizdami? Eslataman, butun xalq, muxlislar shuni talab qilgandi. O'zimiz pishirgan osh...
Maydonda to'p tepayotgan futbolchilar murabbiydan-da ko'proq aybdorlar. Boisi shundaki, o'yinni ular yutqazishdi. Argentinalik mutaxassis qo'l ostida tang ahvoldagi Falastinga yutqazgan ham, Karlenovichni qaytargan ham ular edi. Tojikistondan orqada qolganlari, Ummon eplagan vazifani uddalay bilishmagani uchun futbolchilarning yuzlari ko'proq qizarishi kerak aslida. Har holda men juda-juda uyalyapman.
Maydonda to'p tepayotgan futbolchilar murabbiydan-da ko'proq aybdorlar. Boisi shundaki, o'yinni ular yutqazishdi. Argentinalik mutaxassis qo'l ostida tang ahvoldagi Falastinga yutqazgan ham, Karlenovichni qaytargan ham ular edi. Tojikistondan orqada qolganlari, Ummon eplagan vazifani uddalay bilishmagani uchun futbolchilarning yuzlari ko'proq qizarishi kerak aslida. Har holda men juda-juda uyalyapman.
Muallif: Faxriddin Ro'ziyev
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi