Oxirgi paytlarda "sherlar"ning sobiq ustozi Shota Arveladze O‘zbekiston milliy terma jamoasining keyingi bosh murabbiyi bo‘lishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Kechagi o‘yindan keyin "Paxtakor"ni boshqarayotgan Piter Xyuistraning shu mavzudagi mish-mishlarga munosabati bilan qiziqdik.
"Mening qulog‘imga bunday gap-so‘zlar chalingani yo‘q. Arveladzeda Yevropa klublari bilan ishlash istagi juda yuqori. Men buni juda yaxshi bilaman.
Biroq, Shotaning qanday murabbiy ekanini hisobga olsak, bu o‘zbek futboli uchun juda foydali bo‘lardi. Terma jamoada yaxshi futbolchilar yig‘ilgan, ular yaxshi natijalarga erishishlari mumkin", — deydi niderlandiyalik mutaxassis.
Shuningdek, u yurtimizda bolalar futboli hamda U-18 jamoalariga beriladigan e’tiborning pastligidan juda nolidi. Piterning ta’kidlashicha, bizni Janubiy Amerika va Yevropa futbolidan ajratib turadigan eng katta jihat shu emish. Xyuistra so‘zining oxirida o‘zbek klublaridan yangi iqtidorlarni kashf etib beruvchi U-18 jamoalariga diqqat qaratishni so‘rab qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi